SPAZGAN  NЕO rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 400,0 mg ibuprofen, 5,0 mg pitofenona gidroxloridi, 0,1 mg fenpiveriniy bromidi; yordamchi moddalar: 88,0 mg makkajo‘xori kraxmali, 85,9 mg mikrokristall tsellyuloza, 14,7 mg natriy karboksimetilkraxmal (A turi), 10,6 mg algin kislotasi, 0,6 mg dinatriy edetati digidrati, 11,0 mg povidon (PVP K-90), 7,0 mg kolloid kremniy dioksidi (aerosil 200), 4,7 mg natriy kroskarmelloza, 2,4 mg natriy laurilsulfati, 5,0 mg magniy stearati, 5,0 mg talk; yordamchi moddalar (qobig‘i): 19,2 mg oq opadray II 85G68918, 7,4 mg polivinil spirti, 5,76 mg titan dioksidi, 3,36 mg talk, 2,1 mg makrogol, 0,58 mg soya letsitini.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ibuprofen + pitofenon + fenpiveriniy bromidi

Preparatning savdo nomi:

SPAZGAN  NЕO

Farmakalogik guruhi:

ibuprofen boshqa preparatlar bilan majmuada.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “W” gravirovkasi bo‘lgan, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

ibuprofen boshqa preparatlar bilan majmuada.

SPAZGAN NЕO  preparatining komponentlari me’da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Qon plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga preparat qabul qilingandan keyin taxminan 1-2 soat o‘tgach erishiladi. Preparatning asosiy komponenti ibuprofen plazma oqsillari bilan 99% ga bog‘lanadi, sinovial suyuqlikda to‘planishi mumkin, jigarda metabolizmga uchraydi va metabolitlari va kon’yugatlar ko‘rinishida 90% siydik bilan chiqariladi. Preparatning katta bo‘lmagan qismi safro bilan chiqariladi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 2 soatni tashkil qiladi.

Ichki a’zolar silliq mushaklarining kuchsiz va ifodalangan spazmlaridagi og‘riq sindromi: jigar va buyrak sanchig‘i, safro chiqarish yo‘llarining diskineziyasi, ichak sanchig‘i.Ginekologik kasalliklar: dismenoreya.Bosh og‘rig‘i, shu jumladan, migrenoz xarakterli.Bo‘g‘imlar, nevralgiyalar, ishialgiyalar, mialgiyalardagi og‘riqlarda qisqa muddatli simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 3 soat keyin ichga buyuriladi. Me’daga ta’sirlovchi samarasidan saqlanish uchun preparatni ovqatdan keyin darhol yoki sut bilan qabul qilish mumkin. Shifokorning alohida kurslari bo‘lmaganda CPAZGAN  NЕO ni spastik og‘riqlarda 1 tabletkadan kuniga 3 martagacha qabul qilish tavsiya etiladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletkani tashkil qiladi.

Nojo‘ya samaralarning rivojlanish tez-tezligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez – 10% dan kam emas; tez-tez – 1% dan kam emas, lekin 10% dan kam; tez-tez emas –0,1% dan kam emas, biroq 1% dan kam; kam hollarda – 0,01%  dan kam emas, biroq 0,1% dan kam; juda kam hollarda, shu jumladan alohida xabarlar – 0,01% dan kam kuzatiladi. Tavsiya etilgan dozalarda SPAZGAN NЕO  preparati nojo‘ya samaralar chaqirmaydi. Me’da-ichak tizimi tomonidan: tez-tez: NYAQV-gastropatiya (abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, ishtaxaning pasayishi, diareya, meteorizm, qabziyat; tez-tez emas: me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi, ular ba’zi xollarda, perforatsiya va qon ketishi bilan asoratlanadi; og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi va ta’sirlanishi, og‘izda og‘riq, milklarning shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi, aftoz stomatit; juda kam xollarda- pankreatit, gepatit, jigar faoliyatini buzilishi, gepatotoksiklik. Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – hansirash, bronxospazm. Sezgi a’zolari tomonidan: eshitishni buzilishi: kam xollarda – eshitishni pasayishi, quloqlarda shang‘illash va shovqin; ko‘rishni buzilishi: tez-tez emas- ko‘rishni noaniqligi, skotoma, ko‘zlarni quruqligi va ta’sirlanishi, kon’yunktiva va qovoqlarni shishi (allergik genezli), ambliopiya, juda kam hollarda – akkomodatsiya falaji, ko‘rish nervining toksik shikastlanishi. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, xavotirlik, asabiylik va ta’sirchanlik, psixomotor qo‘zg‘alish, uyquchanlik, depressiya, juda kam xollarda – ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, aseptik meningit (ko‘proq autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – taxikardiya, arterial bosimini oshishi, kam hollarda – yurak yetishmovchiligi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas – nefrotik sindrom (shishlar), oliguriya, anuriya, poliuriya, proteinuriya, tsistit, siydikni qizil rangga bo‘yalishi; kam xollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, allergik nefrit. Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – teri toshmasi (odatda eritematoz yoki eshakemi), teri qichishi, juda kam hollarda – Kvinke shishi, anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok, bronxospazm yoki dispnoe, isitma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), allergik rinit. Qon yaratish a’zolari tomonidan: tez-tez emas – trombotsitopeniya va trombotsitopenik purpura, juda kam hollarda – anemiya (shu jumladan, gemolitik, aplastik), agranulotsitoz, leykopeniya, eozinofiliya. Boshqalar: juda kam hollarda – ter ajralishini kuchayishi yoki pasayishi. Laborator ko‘rsatkichlar: qon ketish vaqti (oshishi mumkin), zardobdagi glyukozaning kontsentratsiyasi (pasayishi mumkin), kreatinin klirensi (kamayishi mumkin), gematokrit yoki gemoglobin (kamayishi mumkin), kreatininning zardobdagi kontsentratsiyasi (oshishi mumkin), jigar transaminazalarining faolligi (oshishi mumkin). Agar preparatni qabul qilish Sizning odatdagi xolatingizni o‘zgartirgan bo‘lsa, uni qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.

Preparatning tarkibidagi har qanday ingrediyentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; me’da yoki o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o‘zgarishlari, me’da-ichakdan faol qon ketishi;zo‘rayish bosqichidagi ichakning yallig‘lanish kasalliklari, shu jumladan yarali kolit; atsetilsalitsil kislotani yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatni (atsetilsalitsil kislotasini to‘liq yoki noto‘liq o‘zlashtiraolmaslik sindromi – rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavatining polipi, bronxial astma) qabul qilgandan keyingi bronxoobstruktsiya, rinit, eshakemi, xuruji xaqida anamnestik ma’lumotlar; jigar yetishmovchiligi yoki jigarning faol kasalliklari;buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml kam), buyraklarning avj olib boruvchi kasalliklari;tasdiqlangan giperkaliyemiya,gemofiliya va qonning ivishining boshqa buzilishlari; shu jumladan, gipokoagulyatsiya, gemorragik diatezlar;aorto-koronar shuntlash o‘tkazilgandan keyingi davr;o‘tkir o‘zgarib turuvchi porfiriya;granulotsitopeniya;qon yaratilishini buzilishi;glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;taxiaritmiya;yopiq burchakli glaukoma,ko‘ruv nervi kasalliklari;prostata bezi giperplaziyasi;ichak tutilishi;homiladorlik va emizish davri;16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Terapevtik dozalarda SPAZGAN NЕO preparati keng qo‘llanadigan preparatlar bilan ahamiyatli o‘zaro ta’sirlarga kirishmaydi. Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlarining induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, flumetsinol, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) og‘ir intoksikatsiya rivojlanish xavfini oshirib gidroksil guruhini birikishini faol metabolitlari xosil bo‘lishini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari gepatotoksik ta’siri rivojlanishi xavfini pasaytiradi. Vazodilatatorlarning gipotenziv faolligini, furosemid va gidroxlorotiazidni natriyuretik samarasini pasaytiradi. Urikozurik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklarning ta’sirini kuchaytiradi (bu qon ketish xavfini oshiradi). Mineralokortikosteroidlar, glyukokortikosteroidlar (me’da-ichakdan qon ketish xavfi oshadi) estrogenlar, etanolning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi. Preparat ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning ta’sirini kuchaytirish, shu bilan gipoglikemiya paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Antatsidlar va kolestiramin ibuprofenning so‘rilishini pasaytiradi. Qonda digoksin, litiy va metotreksat preparatlarining kontsentratsiyasini oshiradi. M-xolinoblokatorlar, N1-gistaminoblokatorlar, butirofenonlar, fenotiazinlar, amantadin va xinidinning ta’sirini kuchaytiradi. Boshqa NYAQP bir vaqtda buyurish nojo‘ya samaralari tez-tezligini oshiradi. Kofein og‘riqsizlantiruvchi samarasini kuchaytiradi. Bir vaqtda buyurilganda atsetilsalitsil kislotasining yallig‘lanishga qarshi va antiagregant ta’sirini pasaytiradi (SPAZGAN NЕO preparatini qabul qilish boshlagandan keyin  atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarini antiagregant vosita sifatida qabul qiluvchi bemorlarda, o‘tkir koronar yetishmovchiligi rivojlanishini tez-tezligi oshishi mumkin). Tsefamandol, tsefoperazon, tsefotetan, valproat kislotasi, plikamitsin bir vaqtda buyurilganda gipoprotrombinemiyani rivojlanish tez-tezligini oshiradi. Miyelotoksik dori vositalari preparatning gematotoksik ko‘rinishlarini kuchaytiradi. Tsiklosporin va oltin preparatlari ibuprofenni buyrakda prostaglandinlar sinteziga ta’sirini kuchaytiradi, bu nefrotoksiklikning oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Ibuprofen tsiklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasini va uning gepatotoksik samaralari rivojlanishi ehtimolini oshiradi. Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari, ibuprofenning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi va chiqarilishini pasaytiradi.

Uzoq muddat qo‘llanganda periferik qon manzarasini va buyrak va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani qo‘llash lozim. Gastropatiya simptomlari paydo bo‘lganda sinchkov nazorat qilish, shuningdek ezofagogastroduodenoskopiya, gemoglobin va gematokritni aniqlash bilan qon taxlilini o‘tkazish kerak. 17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati bo‘lganda, tekshirishdan 48 soat oldin preparatni bekor qilish kerak. Davolash davrida alkogol qabul qilishdan saqlanish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ko‘rsatilgan dozani oshirmang. Agar siz dozani oshirib yuborgan bo‘lsangiz, zudlik bilan shifokorga yoki yaqindagi tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. O‘zingiz bilan preparatning o‘ramini olib boring. Simptomlari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, tormozlanish, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, metabolik atsidoz, koma, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, taxikardiya, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, nafasni to‘xtashi. Davolash: me’dani yuvish (faqat qabul qilingandan keyin 1 soatdan davomida), faollashtirilgan ko‘mir, ishqoriy ichimlik, jadallashtirilgan diurez, simptomatik davolash (kislota-ishqor xolatini, arterial bosim muvofiqlashtirish). Spetsifik antidoti yo‘q.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan  PVX/PVDX/alyumin blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 10 blisterdan teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.